TAJRIBADA ALKOGOLDAN ZAHARLANISHDA YURAKNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI ALIMENTAR KORREKSIYA QILISH YO‘LLARI

Authors

  • Sayfulloyeva Sabina Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Alkagol mahsuloti Vestar kalamush oq zotsiz kalamushlar yuragining turli qismlaridan olingan gistologik materiallar xizmat qilgan.

Abstract

Annotatsiya: Alkogol butun dunyo aholisi salomatligiga jiddiy ta’sir qilib, qaramlik rivojlanishiga olib keluvchi kanserogen, psixo – aktiv modda hisoblanadi. Hozirgi kunda alkogoldan zaharlanish natijasida yurak zararlanishining morfologik jihatdan diagnostika qilish va davolash jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.

Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining xabar berishiga qaraganda har yili spirtli ichimlikni ko‘p istemol qilish oqibatida 3 mln kishi halok bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich jahonda umumiy o‘lim sababining 5,3% ni tashkil qiladi. Statistik malumotlarga qaraganda 2017 yil dunyo bo‘yicha har ikkita voyaga yetgan insondan bittasi spirtli ichimlik iste’mol qilishi aniqlangan bo‘lib, bu 2,6 milliard aholini alkogolizmga duchor bo‘lish xavfi borligini bildiradi(Manthey J.J. et al. 2020). O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, alkogol ta’sirida yurak qorinchalari devorining ingichkalashishi va a’zo mushaklarining qisqarib - bo‘shashida funksional buzulishlar aniqlanib, EKG tekshiruvida o‘limga sabab bo‘luvchi QRS kompleksni kengayishi kuzatilgan (Wang Z., at al. 2018). Kardiomiotsitlarni etanoldan zararlanishi natjasida, yurak muskul hujayralarining atrofiyasi, oqsilli va yog‘li distrofiyasi aniqlangan (Yagmurov O.D.)

References

1. Ziyodullaev M.M., Ilyasov A.S. Alkogoldan zaharlanishda yurakdagi morfologik o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarni korreksiyalashning yangi usuli // O‘zbekiston tibbiyot jurnali. – Toshkent, 2023. – 39-43 b. (14.00.00; № 08).

2. Ilyasov A.S., Ziyodullayev M.M. Kalamushlarning kechki postnatal rivojlanish davrida yurak chap qorinchasi devorining mikroskopik tuzulishi. // Doktor axborotnomasi. Samarqand, 2023. – 40-42 b. (14.00.00; №.20.)

3. Ziyodullaev M.M. Dinamika rosta i razvitiya serdsa v period postnatalnogo razvitiya organizma // Tibbiyotda yangi kun. – Buxoro, 2022. – N 11(49). – P.106-111(14.00.00; №.22)

4. Ilyasov A.S., Ziyodullayev M.M. Alkogoldan zaharalnish natijasida yurakning makroanatomik o’zgarishlari. // ASSOTSIATSII PULMONOLOGOV sENTRALNOY AZII. Toshkent, 2023. – 145-148 b. (14.00.00; № 25.)

5. Ziyodullaev M.M., Ilyasov A.S. Macroanatomical features of the heart in chronic alcohol intoxication and ways of its correction // American Journal of Medicine and Medical Sciences 2024, 14(1): 29-32. (14.00.00; № 2).

Published

2025-01-18

How to Cite

Sayfulloyeva Sabina. (2025). TAJRIBADA ALKOGOLDAN ZAHARLANISHDA YURAKNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI ALIMENTAR KORREKSIYA QILISH YO‘LLARI. World Scientific Research Journal, 35(1), 136-140. https://scientific-jl.org/wsrj/article/view/10626