KOMPRESSORGA SО‘RILUVCHI HAVONI TOZALASH FILTRINI ISHCHI QISMLARNING ISH RESURSIGA TA’SIRI.
Keywords:
Kompressor, klapan, ekspluatatsiya, tozalash filtri, qog‘oz, voylok, mater , porolon, porshen, filtr.Abstract
Ushbu maqolada kompressorga so‘riluvchi havoni tozalash filtrining ishchi qismlarning ish resursiga ta’siri o‘rganiladi. Filtrlar, kompressorlarning samaradorligini oshirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.Maqola davomida filtr materiallarining havo tozalash samaradorligi, mexanik va kimyoviy xususiyatlari, shuningdek, ularning ishlash jarayonida kompressorning ishchi qismlariga ta’siri baholanadi. Sinovlar natijasida filtrlar orqali o‘tgan havo sifatining yaxshilanishi, zarrachalar va ifloslantiruvchi moddalarning kamayishi, shuningdek, bu jarayonlarning energiya sarfini qanday kamaytirishi ko‘rsatiladi. Natijalari kompressorlarda havo tozalash tizimlarini takomillashtirish va ishchi qismlarning ishonchliligini oshirishga yordam beradi.