Xavsizlikni boshqarish tizimlari orqali xavsizlik bo'yicha yetakchilik va javobgarlikni rag'batlantirish strategiyalari

Mualliflar

  • Odiljonova Ruzixon Sanjarbek qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

xavfsizlikni boshqarish tizimlari, xavfsizlik madaniyati, rahbarlik, javobgarlik, ishchi xavfsizligi, rag'batlantirish strategiyalari, hamkorlik.

Abstrak

Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik masalalariga e'tibor qaratish, birinchi navbatda, ishchilarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish, ikkinchidan, moddiy yo'qotishlarning oldini olish, uchinchidan esa, korxona ishlab chiqarish faoliyatining barqaror ishlashi va uning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Xavfsizlikni nazorat qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun korxonada xavfsizlikni boshqarish tizimi (XBT) joriy etilishi lozim.Biroq, ko'pgina hollarda, xavfsizlik masalalari haqiqatan ham korxona faoliyatining ustuvor yo'nalishiga aylanmaydi. XBT quruq qoidalar majmuasiga aylanib qoladi va uning real samaradorligi pastga tushadi. Buning asosiy sababi xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga yetarlicha e'tibor qaratilmaganligi, shu jumladan, kompaniya rahbariyati va barcha xodimlari tomonidan xavfsizlikka javobgarlikni his etmasligidir.Ushbu ilmiy maqolada xavfsizlikni boshqarish tizimlari orqali xavfsizlik bo'yicha yetakchilik va javobgarlikni rag'batlantirish strategiyalari ko'rib chiqiladi. Maqolada XBTning nazariy asoslari, shuningdek etakchilik va javobgarlikning mohiyati, ularning o'zaro bog'liqligi tahlil qilinadi.

Qo'llanilgan usullar asosida korxonada xavfsizlikka yetakchilik va javobgarlikni rag'batlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: rahbariyatning roliga alohida e'tibor qaratish, mas'uliyatlarni aniq belgilash, shuningdek, barcha xodimlarni jalb qilish, rag'batlantirish tizimini joriy etish va amaliy qo'llanmalar tayyorlashOlingan natijalar shuni ko'rsatdiki, xavfsizlik bo'yicha yetakchilik va mas'uliyatni rag'batlantirishga qaratilgan tizimli yondashuvni qo'llash korxonaning umumiy xavfsizlik madaniyatini sezilarli darajada yaxshilashga olib keladi. Bunday yondashuv ishchilarning xavfsizligini ta'minlash va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham yordam beradi.

Nashr qilingan

2024-10-25

##submission.howToCite##

Xavsizlikni boshqarish tizimlari orqali xavsizlik bo’yicha yetakchilik va javobgarlikni rag’batlantirish strategiyalari. (2024). Лучшие интеллектуальные исследования, 31(2), 182-192. https://scientific-jl.org/index.php/luch/article/view/1278