IJTIMOIY SOHA LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA INNOVATSION BOSHQARUV USULLARINI JORIY ETISH

Mualliflar

  • Bo’riyeva Zumrad Nabiyevna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kichik biznes, tadbirkorlik, loyiha, davlat, subyekt, biznes, rivojlanish, xususiy tadbirkorlik, innovatsion, g’oya, loyihalash, soha, ijtimoiy yo’nalish.

Abstrak

Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib bormoqda. O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab  o’tdilar.

##submission.authorBiography##

  • Bo’riyeva Zumrad Nabiyevna

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

    Loyiha boshqaruvi yo’nalishi 2-kurs talabasi

Nashr qilingan

2024-10-26

##submission.howToCite##

IJTIMOIY SOHA LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA INNOVATSION BOSHQARUV USULLARINI JORIY ETISH. (2024). Лучшие интеллектуальные исследования, 31(2), 356-362. https://scientific-jl.org/index.php/luch/article/view/1327