KO‘Z OLMASINING GISTOLOGIK TUZILISHI VA UNING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Djurakulov Bunyodjon Iskandarovich Author

Keywords:

Ko‘z olmasi, g istologik tuzilish, fibroz qavat, vaskulyar qavat, retina, fotoretseptorlar, kornea, sklera, ko‘rish jarayoni, linza.

Abstract

Ko‘z olmasi murakkab tuzilishga ega bo‘lgan va ko‘rish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan a’zo hisoblanadi. Uning gistologik tuzilishi uch asosiy qatlamga bo‘linadi: fibroz qavat, vaskulyar qavat (uvea), va to‘r parda (retina). Har bir qatlamning o‘ziga xos gistologik tuzilishi va funktsional xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular ko‘zning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Ko‘z olmasining gistologik tuzilishi har bir qavatning o‘ziga xos funksiyalarini bajarishga moslashgan. Bu tuzilmalar orasidagi muvozanatli o‘zaro ta’sir ko‘zning optimal ishlashini va ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi. Ko‘zning gistologik tuzilishi va uning patologiyalari to‘g‘risidagi chuqur bilimlar oftalmologiyada kasalliklarni diagnostika qilish va davolashda muhim ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Djurakulov Bunyodjon Iskandarovich

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Published

2024-10-16

How to Cite

KO‘Z OLMASINING GISTOLOGIK TUZILISHI VA UNING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI. (2024). Modern Education and Development, 12(1), 140-145. https://scientific-jl.org/index.php/mod/article/view/513