Ozod Sharofiddinov asarlari qalbimizda mangu yashaydi
##semicolon##
Ozod Sharafiddinov, adib, asar, she’r, poetika##article.abstract##
Har bir adabiy turning yetakchi janri bo‘lganiday, adabiy-badiiy tanqidning ham mashhur qadimiy janri bor. Bu - adabiy-tanqidiy portret bo‘lib, uyushtiruvchi, qoliplovchi xususiyatga ega. Mukammal adabiy portret tarkibida taqriz, sharh, badia, bahs singari shakllarni farqlash qiyinmas. Tanqidchi adabiy jarayonga ta’sir etish - taqrizlar, sharhlar, maqola yozish, bahsga kirishish, suhbatlar qurish bilan birga yirik janrdagi asarning poydevorini qurib, materiallarini yig‘ib boradi. Ozod Sharafiddinov umri davomida yuzlab maqolalar, taqrizlar, sharhlar yozdi. O‘zbek adabiyotining o‘sishida iste’dodli shoir yozuvchilarning kashf qilinishida, ijodkorlar mahoratining o‘sib borishida, to‘laqonli xarakterining vujudga kelishida, tanqidiy asarlaring hissasi ulkan. Olim o‘z maqola, taqrizlarini umumlashtirish - yirik ilmiy nazariy tadqiqotlar va mukammal adabiy portretlar yaratish yo‘lini tanladi, hamda yetuk ijodkorlar portretini yaratishda uning maqola-portretlari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Munaqqid yaratgan portertlar o‘zining takrorlanmas jozibador, shirali tili bilan ajralib turadi.