KUYISH SEPSISINI ZAMONAVIY DAVOLASHDA OZONOTERAPIYANING TA'SIRI
##semicolon##
kuyish, kuyish sepsisi, xirurgik taktika, ozonoterapiya.##article.abstract##
Kuyish tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan jiddiy muammo hisoblanadi. Termik shikatlanganlarda davolash usullarini takomillashtirish natijasida kuyish kasalligining eng dahshatli va xavfli asoratlaridan biri bo‘lmish sepsis bilan kasallanish sur'atini kamayishiga olib keldi, kuyish yuzasi keng bo‘lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish natijalari ancha yaxshilandi. Shunday bo‘lsada, infeksiya haligacha kuyish kasalligining asoratlari va kuygan odamlarning o‘limining asosiy sabab bo‘lib qolmoqda. Shu bilan bir qatorda, og‘ir kuygan bemorlarning o‘lim darajasi hatto ixtisoslashtirilgan statsionarlarda ham yuqoriligicha qolmoqda. Sepsis o'limga olib keladigan xavfni davom ettiradi va buni qabul qilishning iloji yo'q.
Kuyish sepsini profilaktikasi va davolash uchun erta klinik va laborator diagnostikasi va intensiv kompleks chora-tadbirlar, shu jumladan teri yaxlitligini o‘z vaqtida tiklashga qaratilgan aktiv xirurgik taktikasi, kuygan bemorlarni davolash bilan birga yetarli ravishda antibakterial va immunoterapiya bilan parenteral ozonoterapiyani birgalikda qo‘llash talab etiladi