GEOGRAFIYA TA’LIMIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
##semicolon##
geografiya, metodlar, o’quv jarayoni, usul, mavzu, dars, amaliy mashg‘ulot.Abstrak
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo‘lgan vazifalarii amalga oshirishda qo‘llaniladigan turli-tuman ish metodlari va shakllarini o‘z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko‘plab ta’lim metodlari hosil bo‘lgan va bu jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko‘rinishidan iborat bo‘lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘llardan oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lni aytiladi. Ushbu maqolada geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar haqida so‘z yuritiladi.