LABORATORIYA SHAROITIDA ERTAGI QOVUNDAN QOVUNQAND TAYYORLASH TEXNOLOGIYASINING AMALIY AXAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bo‘rikalla, sariq handalak, un, sharbat, mazali, qovun qandi.Abstract
Annotatsiya. O‘zbekiston qovunlari o‘zining shirinligi, betakror mazasi, hidi, uzoq muddat saqlanishi bilan butun dunyoga mashhur. Hozirgi kunda poliz mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Zotan, poliz ekinlari mahsuloti bo‘lgan qovunda inson salomatligi uchun bir qancha foydali xususiyatlar mavjud. Iste’molga to‘liq yetilib pishgan shirin, yoqimli mazali, xushbo‘y hidli, sershira mevasi ishlatiladi. Uni yangi uzilgan, quritilgan – qoqi, ba’zan ziravorlab sirkalangan (odatda to‘liq pishmagan mevani) holida ham iste’mol qilinadi. Mevasidan murabbo, jem, kompot pishiriladi, shuningdek shira, qovun asali va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Qovun muhim ahamiyatli, to‘yimli va shifobaxsh oziqadir. Maqolada qovunni qayta ishlab undan qovunqand olish va iqtisodiy samadorligi o‘rganilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva sabzovot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3978-sonli qarori. Toshkent, 2018 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi “Meva sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4236-sonli qarori. Toshkent, 2019 yil.
3. Bo‘riev X.Ch., Boymatov K.I., Jo‘raev R.J. “Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish”, Toshkent “Mehnat”, 2002 y.
4. Oripov O., Sulaymonov I.yu, Umurzoqov E. “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”, Toshkent “Mehnat”, 1991 y.