UNIVERSITETDA TA'LIM JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISH, MA'NAVIY MUHIT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHDA TYUTORNING O'RNI
##semicolon##
Kalit so’zlar: tyutor, ta'lim jarayoni, talabalar, individual yondashuv, psixologik yordam, jamoaviy muhit, shaxsiy rivojlanish, axloqiy qadriyatlar, talabalar munosabati, ta'lim sifatini oshirishAbstrak
Annotatsiya: ushbu maqola universitetda ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va ma'naviy muhitni barqarorlashtirishda tyutorlarning o'rnini tahlil qiladi. Maqolada tyutorlarning vazifalari, ularning talabalarga bo'lgan individual yondashuvi, akademik va psixologik qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etishdagi roli hamda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Tyutorlar talabalar orasida o'zaro aloqa va muloqotni rivojlantirib, jamoaviy ruhni oshirishga yordam beradi. Ularning faoliyati nafaqat akademik muvaffaqiyatni ta'minlash, balki talabalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqola tyutorlik institutining universitet ta'limining sifatini oshirishdagi muhim rolini ochib beradi va ta'lim jarayonida ma'naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taklif etadi.