SAYLOV VA ARALASH SAYLOV TIZIMI
Аннотация
Kirish.O'zbekiston Respublikasida 2024 yil 27-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan
qonunchilik palatasiga saylovlar muhim voqea hisoblanadi. Ushbu saylovlar
mamlakatning kelgusi siyosiy yo'nalishini belgilashda katta ahamiyatga ega. Bu yilgi
saylovlar mojaritar, proportsional va aralash tizimlar orqali amalga oshiriladi, bu esa
saylov jarayonining yanada demokratik va adolatli bo'lishini ta'minlashga qaratilgan.
Mojaritar saylov tizimi. Mojaritar saylov tizimi, shuningdek, ko'pchilik ovoz
olish tizimi deb ham ataladi, bunda har bir saylov okrugida eng ko'p ovoz olgan
nomzod g'olib bo'ladi. Bu tizimning asosiy afzalligi saylovchilar o'z vakillarini
bevosita tanlash imkoniyatiga ega bo'lishidir. Mojaritar tizim mahalliy vakillikni
kuchaytiradi, chunki har bir nomzod o'z hududining muammolarini va ehtiyojlarini
yaxshi bilishi kerak.Mojaritar tizimda:Har bir saylov okrugi bitta vakilni
saylaydi.Saylovchilar to'g'ridan-to'g'ri nomzodlarga ovoz beradilar.Eng ko'p ovoz
olgan nomzod saylanadi.