AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI IJTIMOIYLASHUV JARAYONINIG BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so’zlar: aqli zaif, moslashtirish, ijtimoiylashtirish, Autizm yoki Autistik, Asperger sindromi, tyutor, inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan, Daun sindromi, DEGS, disleksiya, bolalar serebral sholligi.Abstract
ANNOTATSIYA: Rivojlangan xorijiy davlatlarda korreksion maktablarda kasbiy tayyorgarlik yangi kasbiy texnologik va amaliy ko‘nikmalarni egallash hamda aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy maishiy hayotga tayyorlash kengroq tushunchadir. Aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning turli strategiyalari aniqlangan. Ijtimoiy maishiy yondashuv nogiron o'quvchilarni aqliy rivojlanishda mehnatga tayyorlashni kuchaytirish, chet elda - bolalarni ijtimoiy guruhlarga muloqot qilish orqali integratsiyalashuvi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotning shakllanishi shaxsning oilada, maktabda, mehnat va ijtimoiy faoliyatda axloqiy tarbiyalanish jarayonining tomonlaridan biridir. L.S.Vigotskiy: “Ijtimoiy tarbiya nutqning rivojlanmaganligiga, nutqning rivojlanmasligi jamoa (kollektiv)dan yakkalanib qolishga, jamoa (kollektiv)dan ajralib qolish esa, o‘z navbatida, ijtimoiy hayotning rivojlanishini tormozlaydi”, - deydi.