TO’G’RIDAN TO’G’RI XORJIY INVESTITSIYALAR VA UNING O’ZBEKISTONDAGI KORPORATIV MOLIYAVIY BOSHQARUV AMALIYOTIGA TASIRI
Keywords:
TTXI – To’g’ridan to’g’ri xorijiy invetitsiyaAbstract
Ushbu tadqiqot to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar va ularning O'zbekistondagi korporativ boshqaruv amaliyotiga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning o'rni va ahamiyati keskin ortib bormoqda, bu esa moliyaviy boshqaruv usullarining takomillashgan. Tadqiqotda, birinchi navbatda, To’g’ridan –to’g’ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi tahlil etilgan. Shuningdek, bu investitsiyalar korporativ strategiyalar, risklarni boshqarish va moliyaviy resurslarni optimallashtirish jarayonlariga qanday ta'sir ko'rsatishi ko'rib chiqilgan. Natijalar, xorijiy investitsiyalarning korporativ boshqaruv amaliyotida yangi imkoniyatlar yaratishi, raqobatbardoshlikni oshirishi va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yordam berishi mumkinligini ko'rsatgan. Tadqiqot natijalari O'zbekistondagi iqtisodiy siyosatni yanada takomillashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun foydasini ko’rsatib kelmoqda.