Tijorat banklarida pul oqimlari to’g’risida hisobotni takomillashtirish
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: pul oqimlari monitoringi, xalqaro standartlar, moliyaviy barqarorlik, moliyaviy hisobotlar, naqd pul harakatlari, soliq hisobotlari, metodologik yondashuvlar, bank boshqaruvi, moliyaviy shaffoflik, normativ-huquqiy talablar.Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqola tijorat banklarida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda va iqtisodiy faoliyatini to‘g‘ri baholashda pul oqimlari hisobotlarining o‘rni va ahamiyati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Hisobotlarning aniq va samarali tuzilishi, bankning naqd pul harakatlarini, likvidlik darajasini va investitsiya faoliyatini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada pul oqimlari hisobotlarini tayyorlashda mavjud metodologik yondashuvlar, shu jumladan, to‘liq va qisqacha metodlar hamda ularning banklar faoliyatiga ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, banklarda pul oqimlari monitoringi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va amaliy tavsiyalar beriladi. Xalqaro moliyaviy hisobot berish standartlari va milliy normativlar asosida pul oqimlari hisobotlarini yanada samarali tuzish uchun zarur metodlar va vositalar ko‘rib chiqiladi. Maqola, tijorat banklarining moliyaviy boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va moliyaviy shaffoflikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.