TALABALARGA IJTIMOIY-MA`NAVIY VA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH
Ключевые слова:
talabalar, ijtimoiy-ma'naviy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, stressni boshqarish, motivatsiya, shaxsiy rivojlanishАннотация
Mazkur maqolada talabalarga ijtimoiy-ma'naviy va psixologik yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi. Talabalarning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatga moslashuvi va hayotiy muammolarni hal qilishda duch keladigan qiyinchiliklarni yengishda ko‘rsatiladigan yordam turlari muhim ahamiyatga ega. Maqolada ijtimoiy-ma’naviy yordamning mohiyati, uning talabalarning dunyoqarashi va qadriyatlar tizimiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, psixologik yordamning asosiy tamoyillari, usullari va vositalari, jumladan, stressni boshqarish, motivatsiya va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Talabalarga yordam ko‘rsatishda ta’lim muassasalari, pedagoglar va psixologlarning o‘rni, shuningdek, oila va jamiyatning ahamiyati ta’kidlanadi. Mazkur mavzuni o‘rganish ijtimoiy-ma’naviy tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi