O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA TURLI SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISHI

Авторы

  • Esanova Nilufar Автор
  • Baxriddinova Feruza Автор

Аннотация

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yoqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini-2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor edi. Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqillligiga erishildi. 1991 yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.

Биографии авторов

  • Esanova Nilufar

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi

  • Baxriddinova Feruza

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Опубликован

2025-01-13

Как цитировать

O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA TURLI SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISHI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 36(4), 48-53. https://scientific-jl.org/luch/article/view/10042