JINOYATGA TAYYORGARLIK KO’RISH VA JINOYATGA SUIQASD QILISH
##semicolon##
Jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyatga suiqasd qilish mazmuni, jinoyatga tayyorgarlik ko’rishning oldini olish choralari va usullari, jinoyatga suiqasd qilish va tayyorgarlik ko’rishning bir biridan farqli tomonlari, jinoyatga suiqasd qilish bilan bog’liq bugungi kundagi jinoyatlardan misollar, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va bu bo’yicha jinoyat kodeksidan moddalar.Abstrak
Ushbu maqolada jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyatga suiqasd qilishning huquqiy mohiyati, ularning jinoyat tarkibidagi o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Jinoyatga tayyorgarlik jarayonida yuzaga keladigan shart-sharoitlar, harakatlarning xavfliligi darajasi va ularning jinoyatning sodir etilishiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, jinoyatga suiqasd qilish tushunchasi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi va boshqa jinoyat shakllaridan farqlari huquqiy-me’yoriy nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi. Maqolada ushbu masalalarning xalqaro va milliy qonunchilikda talqin etilishi, shuningdek, sud amaliyotida qo’llanishiga oid muhim jihatlar tahlil qilinadi va ushbu maqolada jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyatga suiqasd qilish o’rtasidagi farqlar va bir-biriga sababiy bog’lanishlari ham ko’rsatib o’tiladi.Jinoyatga suiqasd qilish va jinoyatga tayyorgarlik ko’rishga qarshi qonunchiligimizdan va kodekslarimizdan moddalar kiritilib sharhlab ketiladi. Xulosa sifatida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd qilishga oid normalarni yanada takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.