MAKTABGACHA TALIMDA AQLIY TARBIYA BERISH

Authors

  • Fazliddinova Mo‘tabar Author
  • Kayumova Nargiza Mirziyatovna Author

Keywords:

1. Darakorlik – bolalar faoliyatini kuzatib, ularning intellektual rivojlanishiga moslab o’rgatish. 2. Yaratijilik – bolalarni yangi fikrlar yaratishga va muammolarni hal qilishga o’rgatish. 3. Kognitiv rivojlanish – bolalar mantiqiy fikrlash, tushuncha va xotirani rivojlantirish. 4. Muammoli vaziyatlar – bolalarga turli vaziyatlarda qaror qabul qilishni o’rgatish. 5. Qiziqish va faoliyat – bolalarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish. 6. Nutq rivoji – muloqot qilish va fikrlarni ifodalash qobiliyatlarini yaxshilash. 7. Ijtimoiy o’zaro munosabatlar – bolalarga boshqalar bilan ishlash, guruhda faoliyat olib borishni o’rgatish. 8. Vaqtni boshqarish – bolalarga o’z vaqtini rejalashtirish va samarali ishlatishni o’rgatish. 9. Tajriba qilish – bolalarga tajriba orttirish uchun erkin faoliyat imkoniyatlarini yaratish. 10. Emotsional intellekt – bolalarda o’z his-tuyg’ularini tushunish va boshqarish qobiliyatini rivojlantirish.

Abstract

Maktabgacha ta’lim jarayonida aqliy tarbiya berish bolalar dunyoqarashini kengaytirish, ular uchun muammolarni hal qilish va turli vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu jarayon bolaning tajribasini kengaytirish, bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali uning mustaqil fikrlashini qo’llab-quvvatlaydi. Aqliy tarbiya berishning asosiy yo’nalishlari sifatida tafakkur, xotira, mantiqiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqatni jamlash va bolalar uchun qiziqarli o’yinlar, mashqlar, vazifalar bilan o’qitish alohida ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, aqliy tarbiya berishda bolalar uchun turli vaziyatlarda o’zlarini ifodalash imkoniyatlari yaratish, ular o’rtasida muloqotni rivojlantirish va mustahkamlash ham muhim o’rin tutadi. Shuningdek, aqliy tarbiya ta’lim jarayonida bolaning emotsional va ijtimoiy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olishni talab qiladi.

Author Biographies

  • Fazliddinova Mo‘tabar

    Tayorladi: Nizomiy nomidagi TDPUning Maktabgacha ta‘lim fakulteti talabasi

  • Kayumova Nargiza Mirziyatovna

    O‘qituvchi

Published

2025-01-12

How to Cite

MAKTABGACHA TALIMDA AQLIY TARBIYA BERISH. (2025). Modern Education and Development, 18(1), 219-224. https://scientific-jl.org/mod/article/view/9979