Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi

Authors

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi Author

Keywords:

REM, mehnat gigienasi, radiatsiya, mikroiqlim, yorug`lik, mexanizatsiya, germetiklashtirish, kasb kasalligi.

Abstract

Ma’lumki, xalq xo’jaligining ayrim sohalarida, jumladan qishloq xo’jaligi, neft gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko’pgina ishlar ochiq havoda o’tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, ya’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg’ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi.  Ushbu omillar ikki xil yo’l, ya’ni, havo orqali yoki bevosita muloqatda bo’lish orqali ta’sir etishi mumkin. Havo orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko’rsatkichlar miqdori, chang,   gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar va boshqalarni misol kilishimiz mumkin. Ikkinchi yo’l, bevosita qontakt orqali ta’sir etuvchi faktorlarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar  kiradi. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olgan holda, ularni inson sog’ligiga ta’sirini o’rganish va bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigenasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mehnat gigienasi – tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, ish sharoitlarining inson sog’ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o’rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo’naltirilgan sanitariya-gigiena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu esa o`z navbatida aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish imkonini beradi

Author Biography

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

    Andijon mashinasozlik instituti

    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti

    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi talabasi

Published

2024-11-15

How to Cite

Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. (2024). Modern Education and Development, 14(3), 52-57. https://scientific-jl.org/mod/article/view/2896