SANOAT KORXONALARIDA MEHNAT GIGIENASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI

Авторы

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi Автор

Ключевые слова:

REM, mehnat gigienasi, radiatsiya, mikroiqlim, yorug`lik, mexanizatsiya, germetiklashtirish, kasb kasalligi.

Аннотация

Ma’lumki, xalq xo’jaligining ayrim sohalarida, jumladan qishloq xo’jaligi, neft gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko’pgina ishlar ochiq havoda o’tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, ya’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg’ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi.  Ushbu omillar ikki xil yo’l, ya’ni, havo orqali yoki bevosita muloqatda bo’lish orqali ta’sir etishi mumkin. Havo orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko’rsatkichlar miqdori, chang,   gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar va boshqalarni misol kilishimiz mumkin. Ikkinchi yo’l, bevosita qontakt orqali ta’sir etuvchi faktorlarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar  kiradi. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olgan holda, ularni inson sog’ligiga ta’sirini o’rganish va bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigenasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mehnat gigienasi – tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, ish sharoitlarining inson sog’ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o’rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo’naltirilgan sanitariya-gigiena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu esa o`z navbatida aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish imkonini beradi

Биография автора

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

     

    Andijon mashinasozlik instituti

    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti

    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi talabasi

Библиографические ссылки

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Iskandarov T.,I., Iskandarova G.,T. mehnat gigiyenasi fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llamalari. Qo’llanma- Toshkent . O’z RSSV ning SGKKITI. 2009y.

2. Iskandarova G.,T. mehnat gigiyenasi. Darslik - Toshkent . O’z RSSV ning SGKKITI. 2009y.

3. Yoʻldoshev O.R, Raximov O.D, Хoʻjaqulova R.Т, Хasanova O.T, “Mehnatni muhofaza qilish”. Oʻquv qoʻllanma.–Тoshkent: “Mehnat”, 2005. 127-128-b.

Опубликован

2024-12-10

Как цитировать

SANOAT KORXONALARIDA MEHNAT GIGIENASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI. (2024). Modern Education and Development, 15(9), 128-134. https://scientific-jl.org/mod/article/view/5317