KORXONANING RAQOBATBARDOSHLIGI TAHLILI VA UNI RIVOJLANTIRISH
Ключевые слова:
Raqobatbardoshlik,Korxona rivoji, Tahlil usullari, Strategik boshqaruv, Innovatsiyalar, Bozorni o‘rganish, Menejment qarorlari. Resurslarni optimallashtirishАннотация
Mazkur tezisda korxonaning raqobatbardoshligini tahlil qilish va uning rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqiladi. Raqobatbardoshlik – korxonaning bozor sharoitida boshqa raqobatchilariga nisbatan ustunlikka erishish qobiliyati sifatida ta’riflanadi. Tezisda raqobatbardoshlikni aniqlash, uning asosiy omillarini belgilash, tahlil qilish usullari va samarali rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishning muhim jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirish uchun korxona menejmentining strategik qarorlari va innovatsion yondashuvlari muhokama qilinadi. Tahlil davomida bozorni o‘rganish, mijozlar ehtiyojlarini anglash, resurslarni optimal taqsimlash kabi elementlarning roli alohida ta’kidlanadi. Ushbu tezisni yozishda zamonaviy ilmiy ishlanmalar, amaliyotda qo‘llaniladigan metodologiyalar va muvaffaqiyatli korxona misollaridan foydalanilgan.