BACHADON BO‘YNINING KASALLIKLARDAGI KLINIKO-MORFOLOGIK AHAMIYATI
##semicolon##
bachadon bo’yni, endometriy, miometriy, perimetriyAbstrak
Bachadon bo‘ynining kasalliklari ayollar reproduktiv salomatligi uchun muhim klinik ahamiyatga ega. Ushbu mavzuda bachadon bo‘yni kasalliklarining asosiy turlari, ularning belgilari, diagnostik usullari va davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Xususan, bachadon bo‘yni raki, eroziya, poliplar, stenoz, yallig‘lanish kasalliklari va HPV infeksiyasi kabi patologiyalar tahlil qilinadi.
Bachadon bo‘yni raki inson papillomavirusi (HPV) bilan bog‘liq bo‘lib, erta tashxis qo‘yishda Pap-test va HPV testining ahamiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, eroziya va poliplarning klinik belgilari, yallig‘lanish jarayonlarining oqibatlari ham yoritilgan. Bachadon bo‘ynidagi patologiyalar nafaqat onkologik xavfni oshiradi, balki bepushtlik, homiladorlikning davom etmasligi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.