INGLIZ TILIDAGI TASHQI IJTIMOIY REKLAMALARDA REGULYATIV (YO‘NALTIRUVCHI) FUNKSIYASINI QO‘LLANISHI
Abstract
Ijtimoiy reklamaning regulyativ (yo‘naltiruvchi) funksiyasi reklama orqali axloqning istalgan va jamiyat uchun ma’qul modellarni akutallashtirish va noma’uql modellarining oldini olishga qaratilgandir. T.Parsonsning ta’kidlashicha, ijtimoiy tizimni barqarorlashtirishning muhim sharti – bu odamlarning real harakatlarini ularning tegishli madaniyatda mavjud bo‘lgan axloq normalari bilan integratsiyalashdan iboratdir. Buning uchun esa, axloq namunalarini mustahkamlash, ularni o‘zaro munosabatlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan, shuningdek sub’yektlar manfaatlariga mos bo‘lgan turg‘un va doimiy modellarga aylantirish zarur.[1] Aynan odamlarning qadriyatlarga asoslangan xulqiga, axloq me’yorlariga ta’sir ko‘rsatish tufayli ijtimoiy reklama jamiyat institutlarining normal faoliyat ko‘rsatishi va umuman jamiyat hayotini barqarorlashuviga yordam beradi. Mazkur funksiya shaxsning ijtimoiy ahamiyatli va ijtimoiy foydali harakatlar sodir etishga undash va nomaqbul harakatlarining oldini olish vazifasini bajaradi. Regulyativ xarakterdagi matnlar asosida sub’yektlar o‘rtasida muayan bir sharoit va vaziyatda ma’lum munosabatlarini o‘rnatuvchi ijtimoiy xulq me’yorlari yotadi, ya’ni: 1) muayan vaziyatdagi sub’yekt; 2) xulq (axloq me’yorlari, urf-odat, an’ana yoki xulq huquqi bilan belgilangan); 3) modallik (sub’yektlar o‘rtasidagi munosabatlar va xulq bilan belgilangan); 4) ommaning jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq normalarining buzilishiga, shuningdek, huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi harakatlarga munosabati. Ijtimoiy axloqiy me’yorning taqdim qilingan mazkur sxemasi umumiy universal xarakterga ega va ijtimoiy reklamali plakatlarda me’yoriy va qadriyatlar bilan bog‘liq matnlarni tahlil qilishda samarali nazariy vosita hisoblanadi. Ijtimoiy me’yor sxemasi elementlarini taqdim etishning mantiqiy-sintaksik shakli sifatida basharti..., agar..., aks holda..., kabi so‘zlar yordamida bayon etilgan izchillikni misol ko‘rsatish mumkin, bu yerda qadriyat va me’yorlarni zaruriy ehtiyojga aylantirish shartiga (vaziyatga), keyin xulq qoidalari bayoniga (dispozisiya) va nihoyat bu qoidalarga amal qilinmaslik natijasiga (jazo) ko‘rsatma berilgan.
[1] Парсонс, Т. Очерк социальной системы / Парсонс, Т. – М.: Академ. Проект, 2002. – 832 с.
References
1. Парсонс, Т. Очерк социальной системы / Парсонс, Т. – М.: Академ. Проект, 2002. – 832 с.
2.Мадариага, С. Англичане, французы, испанцы. / С. Мадариага. – СПб: Наука, 2003. – 248 с.