GNESOLOGIYA BILISH FALSAFASI

Authors

  • Mamatraimova Oygul O’rol qizi Author
  • Saydullayeva Merona Shavkat qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar; Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish, eksperiment,ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza, nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya, induktiv,tafakkur.

Abstract

Kirish . BILISH NAZARIYASI (gnoseologiya, epistemologiya) — falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hoz. zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h. k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. 

References

1. Karimov I.A. ¤zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari. — T, «¤zbekiston», 2006

2. Karimov I.A. Barkamol avlod — ¤zbekiston tarakkiyotining poydevori. — T, «¤zbekiston», 2007

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. — T., «¤zbekiston»,2002

4. Karimov I.A. Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman. «FIDOKOR» gazetasi, 2008 yil 8 iyun.

5. Osnovi filosofii. — T,. ¤zbekiston, 2000

Published

12.12.2024

How to Cite

Mamatraimova Oygul O’rol qizi, & Saydullayeva Merona Shavkat qizi. (2024). GNESOLOGIYA BILISH FALSAFASI . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 66(3), 127-134. https://scientific-jl.org/new/article/view/6847