O’QUVCHILARDA INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR

Authors

  • Sharopova Gulnoza Shaxobiddinovna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Internet, Internet tarmog'I, Internet vositasi, qidiruv tizimi, axborot tizimi, axborotlashgan jamiyat, ommaviy axborot komunikatsiyasi, psixologik xavf, axborot bazasi, kiber jinoyatlar, konvensiya.

Abstract

Annotatsiya: O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman. Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli tomonlari ham ko‘p. Hozirgi kunda yoshlar hayotiga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning asoschisi aynan internet hisoblanadi. Internetdan kirib kelayotgan har xil yomon, zararli ma’lumotlar yoshlarimizning fikrini buzmoqda va ularni o‘z domiga tortib, hattoki loqayd va dangasa qilib qo‘ymoqda. Demak, bugungi kundagi eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi va vataniga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash hamda munosib himoya qilishdan iboratdir.

References

1. A.Abduqodirov “Axborot texnologiyalari” Toshkent 2003 yil

2. “Ziyonet” axborot ta`lim portal.

3 . Multimediya.uz sayti

Published

28.12.2024

How to Cite

Sharopova Gulnoza Shaxobiddinovna. (2024). O’QUVCHILARDA INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 67(6), 73-77. https://scientific-jl.org/new/article/view/7711