O‘ZBEKISTON VA INGLIZ HUQUQIDA UMUMIY MULK INSTITUTI: QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
umumiy mulk, ulushli mulk, birgalikdagi mulk, Ingliz huquqi, O‘zbekiston huquqi, fuqarolik kodeksi, boshqaruv mexanizmlari, ishonchli boshqaruv tizimi, merosxo‘rlik huquqi, qo‘shma egalik, birgalikda egalik, huquqiy tizimlar farqlari, mulkni boshqarish, tartibga solish.Abstract
Mazkur maqola O‘zbekiston va Ingliz huquqiy tizimlarida umumiy mulk institutining huquqiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda umumiy mulkning turli ko‘rinishlari, jumladan, ulushli va birgalikdagi mulk turlarining
huquqiy tabiati, vujudga kelish asoslari va boshqaruv mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi doirasida umumiy mulkning milliy jihatlari ko‘rib chiqilib, ushbu institutning ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi asosiy tamoyillar ochib beriladi. Shuningdek, Ingliz huquqida birgalikda egalik (joint tenancy) va qo‘shma egalik (tenancy in common) tushunchalari va ulardagi merosxo‘rlik huquqi (right of survivorship) tamoyili
batafsil tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston va Ingliz huquqiy tizimlari o‘rtasidagi asosiy farqlar ochib berilib, xususan, ishonchli boshqaruv tizimi (trust of land) kabi institutlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning samaradorligi yoritiladi. Maqola
yakunida O‘zbekiston amaliyoti uchun umumiy mulkni boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu tadqiqot nazariy va amaliy jihatdan umumiy mulk institutining rivojlanishi uchun muhim
xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
References
1.
Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qismlar. I.B. Zokirov; Mas'ul muharir:
H. Rahmonqulov: Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. –T.: TDYuI
nashriyoti, 2009. 611 bet.
2.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSIGA SHARH 1
JILD. X. R. Rahmonqulov, O. O. Oʻqulov tahriri ostida. Oʻzbekiston Respublikasi
“Evropada xavfsizlik va huquqiy muammolarni hal qilish tashkiloti oʻrganish markazi”
(Toshkent sh.). Toshkent: “Vektor-Press”, 2010.
3.
The Trust and Land and Appointment of Trustees Act 1996, s. 1.
4.
5.
Murray v Hall (1984) 7 C.B. 441 at 455.
M.P. Thompson, Modern Land Law, 3rd ed. (New York: Oxford University
Press, 2006), 307.
6.
Kevin Gray and Susan Francis Gray, Elements of Land Law, 4th ed. (New York:
Oxford University Press, 2005), 1022.