«DAVLAT», «DAVLATCHILIK» VA «DAVLAT TUZUMI» TUSHUNCHALARI HAMDA ULARNING MARKAZIY OSIYO XALQLARI DAVLATCHILIGIDA AKS ETISHI

Authors

  • Axmadov Dovudxon Xabibulloyevich Author

Abstract

Tariximizning eng yorqin sahifalaridan biri – bu davlatning paydo boʻlishidir. Kishilik jamiyati tarixining muhim masalalaridan biri boʻlgan davlatning vujudga kelishi masalasi, garchi bu borada yuritilgan bahs-munozaralarning boshlanishi ancha qadim davrlarga borib taqalsa-da, keyingi davrlarda ushbu masala boʻyicha tortishuvlarning koʻlami tobora ortib bormoqda.

«Davlat» degan tashkilot va u bilan bogʻliq «davlat tuzumi» va «davlatchilik» tushunchalari tahliliga toʻxtalishdan avval davlatlarning paydo boʻlishiga toʻxtalib oʻtish oʻrinli. Ta’kidlab oʻtish zarurki, bu masalada olimlar tomonidan bir necha oʻnlab nazariya va talqinlar oʻrtaga tashlangan boʻlib, ular orasida nisbatan keng tarafdor topganlarini ushbu oʻrinda keltirib oʻtishni lozim topdik. Avvalo, shuni aytib oʻtish kerakki, XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr birinchi yarmida ustivor boʻlgan fikr – davlat bu eziluvchi sinfni eksplutasiya qiluvchi sinflar boshqaruvchi apparati sifatida quldorlik jamiyati sharoitida kelib chiqqan mazmundagi fikrlar keyingi yillarda ancha-muncha e’tirozlarga sabab boʻldi. Shuning birga davlatning paydo boʻlishiga doir bir-biridan farqli talqinlar bildirilishda davom etdi. Kelingan xulosaga koʻra, davlat dunyoning hamma joyida bir xil shart-sharoit ostida vujudga kelmagan va uning shakllanishi jarayoni dunyoning turli hududlarida tabiiy-geografik muhitga bogʻliq holda turlicha kechgan deyish asoslidir.

Published

2024-12-19

How to Cite

Axmadov Dovudxon Xabibulloyevich. (2024). «DAVLAT», «DAVLATCHILIK» VA «DAVLAT TUZUMI» TUSHUNCHALARI HAMDA ULARNING MARKAZIY OSIYO XALQLARI DAVLATCHILIGIDA AKS ETISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 59(13), 102-106. https://scientific-jl.org/obr/article/view/8333