ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN SO‘G‘DNING FATH ETILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: So‘g‘d, Tarxun, sulh, Buxoro, Poykand, G‘urak, qo‘zg‘alon, Divashtich, soliq, turk qo`shini, harbiy hiyla, sotqinlik, shahriston, qoziAbstract
Arablarning birinchi hujumi 654-yil So`g`ddagi Maymurg` qal`asiga arablarning birinchi hujumi bo`ladi.676 yili Xuroson voliysi Said ibn Usmon boshlik qo`shin Buxoro vohasiga yurish qildi. Buxoro hukmdori Sug`d, Kеsh va Nasafdan yordamga kеlgan 120 ming kishilik qo`shin bilan himoyaga kirishdi, lеkin sug`dliklar jang qilishni istamay ortga qaytib kеtishdi. Buxoro malikasi esa Said ibn Usmon bilan sulh tuzishga majbur bo`ldi. U Buxoro zodagonlaridan 80 kishini Saidga topshirdi va juda katta miqdorda o`lpon to`ladi (300000 dirham). Said ibn Usmon Buxoroni bo` ysundirgach So`g`d viloyati markazi Samarqandga yurish qildi. Samarqandni himoya qilayotgan turk qo`shini bir oyga yaqin xujumni qaytardi. Samarqandliklar raqibni yеngib bo`lmasligini anglab Said ibn Usmon bilan sulh tuzishdi. Said Samarkanddan 30 ming asir olib Xurosonga jo`natdi, so`ng Tеrmizga yurish qilib u yerni osonlikcha egalladi. 676-yili Xurosonning yangi noibi Sayid ibn Usmon Buxoro va Samarqandga yurishida Muhammad (a.s.) payg`ambarning jiyani Qusam ibn Abbos ibn Abdul-Mutallib ham ishtirok etadi.Samarqand yaqinidagi janglardan birida halok bo`lib,so`ng keyinchalik Shohi Zinda (tirik shoh) nomini olgan qabristonga qo`yiladi. Said ibn Usmon Movarounnaxr yurishini tugatib, Buxoroga qaytdi, buxoroliklarning 80 nafar garovdagi yurtdoshlarini Amudaryodan o`tgach qaytarib bеrishini aytdi. Said Movarounnahr xududida ularni ozod qilsa kutilmaganda xujumga uchrashidan xavfsiragandi. Kеyin Marvga borguncha garovdagilarni ozod qilishni paysalga soldi, Marvda esa Nishopurdan qaytarib yuborishga va'da bеrdi.
References
1.Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” Toshkent., “O`zbekiston” 2017.
2.Rustam Shamsiddinov,Shodi Karimov “Vatan tarixi” Toshkent., “Sharq” 2019.
3.Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966;
4.Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, t. 1, T., 1968; Istoriya at-Tabari, T., 1987.
5.O`zbekiston tarixi Toshkent “Yangi asr avlodi” 2003