KAMBAG‘ALLIK TUSHUNCHASINING GENEZISI VA IJTIMOIY FALSAFIY TAHLILI
Keywords:
kambag‘allik, genezis, ijtimoiy-falsafiy tahlil, iqtisodiy tengsizlik, adolat tamoyillari, jamiyat rivoji, barqarorlik, global muammo.Abstract
Mazkur maqolada kambag‘allik tushunchasi tarixiy va ijtimoiyfalsafiy jihatdan keng tahlil qilingan. Kambag‘allikning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy omillari, shuningdek, global miqyosdagi ta’sirlari chuqur o‘rganilgan. Muallif kambag‘allikning ijtimoiy adolatsizlik va iqtisodiy tengsizlikka asoslanganligini ko‘rsatib, bu muammoning jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini ochib bergan. Shuningdek,
kambag‘allikni kamaytirish uchun barqaror rivojlanish tamoyillari, adolat va tenglikka asoslangan yondashuvlar taklif qilingan. Ushbu tadqiqot kambag‘allikni chuqur tushunish va uning oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini topishga yo‘naltirilgan
References
Jahon banki tomonidan ham kambag‘allik muammosini qisqartirish muhim
yo‘nalishlardan biri bo‘lib, kambag‘allik kategoriyasi quyidagicha izohlanadi.
“Kambag‘allik - ko‘p o‘lchamga ega bo‘lib, insonlarni aniq daromadlarga ega
bo‘lmasligidir. Bu kam daromadga ega insonlarni yashash uchun zarur bo‘lgan asosiy
tovar va xizmatlarni yetarli darajada sotib ololmasligi, shuningdek, sog‘liqni saqlash
va ta’limning yomonligi, toza suv va sanitariya sharoitining yomonlashib borishi,
xavfsizlikni yetarli emasligini bildiradi”14. Bu ta’rifning muhim jihati shundaki,
kambag‘allikning sababi sifatida yetarlicha bo‘lmagan daromadlarga e’tibor beriladi.
Aholi daromadlarini kamligi yoki umuman yo‘qligi tirikchilik vositalarini sotib
ololmasligini keltirib chiqaradi. Yetarlicha ovqatlanmaslik esa, kasallik hamda
kambag‘allikka yo‘l ochadi. Bugungi kunda har ikki xalqaro tashkilot o‘z oldiga turli
dunyoviy muammolarni xususan, jahonda kambag‘allikni qisqartirishga alohida
e’tibor bermoqda.