QORAQALPOG‘ISTON: BAJARILGAN ISHLAR TAHLILI VA ISTIQBOLLI REJALAR

Authors

  • Ataxanova Gavharoy Anvarbekovna Author

Abstract

Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Masalan, Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.

References

Published

2024-12-19

How to Cite

Ataxanova Gavharoy Anvarbekovna. (2024). QORAQALPOG‘ISTON: BAJARILGAN ISHLAR TAHLILI VA ISTIQBOLLI REJALAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 59(10), 82-86. https://scientific-jl.org/obr/article/view/8753