BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI NUTQINI O’STIRISHGA OID MASHQ TURLARINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirish uchun bir necha samarali mashq turlari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, nutq o’stiruvchi mashqlarga doir misollar keltiriladi.
Har bir erishilgan yutuqlar-u, zabt etilgan cho’qqilarning tub zamirida bilim va sifatli ta’lim yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Darhaqiqat, bilimli insongina o’zi istagan sohada faol bo’la oladi, olg’a qadam tashlab, ildamlab keta oladi. Bobolarimiz ta’kidlashganidek: “Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir”. Kelajakda kerakli shaxs bo’lib yetishmoq uchun boshlang’ich ta’limni puxta egallamoq lozim. Chunki, aynan boshlang’ich sinfdan boshlab o’quvchilar ilm olishni boshlaydilar. Biroq oldimizda turgan asosiy masala o’quvchilarga faqat bilim berish emas, balki ularning bilganlarini, fikrini to’liq bayon etishga ham o’rgatishdir. Bilamizki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqi endigina rivojlanayotgan bo’ladi. Ayni shu vaqtda ularning lug’at boyligini oshirish, nutqini qo’rqmay ayta olishiga o’rgatish ham o’qituvchi mahoratiga bog’liq desam adashmagan bo’laman.
Nutq - insonning o'z fikrlarini, his-tuyg'ularini va g'oyalarini ifoda etish imkoniyatini beruvchi muhim vosita hisoblanadi. O'zbekiston ta'lim tizimida boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirish, ularning o'z fikrini aniq va ravon bayon eta olishlari uchun katta ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun nutqni o'stirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ularning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish, fikrlarini aniq ifodalash va boshqalar bilan samarali muloqot qilishiga yordam berish uchun turli xil mashq va o'yinlarni qo'llash mumkin.
References
1. N. A. Rahmonova "Boshlang'ich ta'limda nutq ko'nikmalari"
2. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G’ulomova “Ona tili o’qitish metodikasi” T.: “Nosir ” nashriyoti
3. Z. F. Xusainova "Bolalar bilan ishlashda muloqotni rivojlantirish"
4. www.natlib.uz internet kutubxona
5. www.ziyonet.uz materiallari
6. www.pedagog.uz materiallari