OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLA SHAXSIDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Ashuraliyeva Tursunoy Axmadali qizi Author

Abstract

Ma'lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o’zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo’ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo’lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fantexnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo’jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo’jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo’lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o’ziga xos, yangicha talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o’zlarida ro’y berayotgan ijtimoiypsixologik, fiziologik va boshqa o’zgarishlar odamlarning o’zaro muloqot munosabatlari doirasini ma'lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o’tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma'lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo’riqishlarning yuzaga kelishga asos bo’lmokda. Bularning ta'siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda xam o’z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o’zining ko’p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma'nan barkamol, ruhan sog’lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o’z muammolarini bahamjihatlik bilan, o’zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma'naviy asoslari mustahkam bo’ladi.

References

1. Adizova T.M. O’quvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korreksion ishlari. - Toshkent, TDPU, 1997.

2. Baratov Sh. O’quvchi shaxsini o’rganish usullari. - Toshkent, O’qituvchi, 1995.

3. Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU, 2004 y.

Published

2024-12-19

How to Cite

Ashuraliyeva Tursunoy Axmadali qizi. (2024). OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLA SHAXSIDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 59(3), 154-156. https://scientific-jl.org/obr/article/view/9586