NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Authors

  • Boltayeva Shohsanam Inoyat qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: xususiyatlarini, nutq,tovush, logoped,individual.

Abstract

Annotasiya: Maqolada nutq nuqsonlarini bartaraf qilishning zamonaviy usullari va chora, tadbirlari haqida keng maʼlumotlar berilgan.

Insonning eng muxim xususiyatlaridan biri uning so’zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi.. Nutqning to’g’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to’g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog’liq.

Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o’rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo’lini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o’ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini mukammal o’rganishi zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi turli xil kamchiliklarni o’z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo’ladi.

References

1. Korreksion pedogogika va logopediya Raxmonova 2007 y

2. Ayupova M. «Logopediya» T. 2007 y.

3. Maxsus psixologiya 2013 y Hamidova.

Published

2025-01-15

How to Cite

Boltayeva Shohsanam Inoyat qizi. (2025). NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI. PEDAGOGS, 73(1), 235-237. https://scientific-jl.org/ped/article/view/10291