RAQAMLI AUTIZM KASALLIGINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: autizm, raqamli autizm, gadjetlar, ruhiy buzilishlarAbstract
Tatqiqot maqsadi: bolalalarda uchraydigan raqamli autizm kasalligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
Tatqiqod materiali va usullari:
2yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan 50 nafar bola ustida tatqiqot o’tkazildi. Bolalarning o’rtacha Yoshi 2.7 yoshni tashkil etadi. Tatqiqotga jalb etilgan bolalarda klinik-nevralogik va psixalogik tekshiruvlar o’tkazildi.
Natija va muhokamalar:
Tekshiruvdagi bemorlarning eng ko’p qismida(55%) quyidagi psixalogik-ijtimoiy mummolar kelib chiqqan: gadjetlarga qaramlik, asabiy hatti harakatlar, begonalashish, bola yolg’iz o’ynashni yaxshi ko’rishi , nutqi yetarlicha rivojlangan lekin boshqalar bilan muloqat qilmaslik, ularga javob bermaslik. Bemorlarning qolgan qismida (45%) yuz ifodalari va imo-ishoralarning yetishmasligi, nutqiy buzilishlar aniqlangan.
O’rganilgan bolalarda to’liq klinik-nevralogik tekshiruvlar o’tkazilganda tekshiruvdagi bolalarning teng yarmida chuqur reflekslarda turli darajadagi farqlar aniqlandi, jumladan 25ta bemorda (50%) anizorefleksiya aniqlandi. 18 ta bemorda (36%) mushak tonusida o’zgarish aniqlandi, aksariyati tarqoq mushak gipotoniyasi ko’rinishida. 12 ta bolada (24%) yengil miyacha funksiyasi buzilishi (Romberg holatida chayqalish, barmoq-burun sinamasini intensiya bilan bajarish, nistagm) va po’stloqosti buzilish belgilari ko’rinishidagi nevralogik buzilishlar aniqlandi.
Xulosa:
Epedimiya ko’rinishida keng tarqalib borayotgan raqamli autizm kasalligining kechishi o’rganilganda nafaqat psixalogik-ijtimoiy buzilishlar, balki klinik-nevralogik o’zgarishlar ham aniqlandi.