IBTIDOIY JAMOA DAVRIDA- ZARAUTSOY QOYATOSH SUR'ATLARI

Authors

  • Bo'rixonova Mahfuza Abdiali qizi Author

Abstract

     Zarautsoy qoyatosh rasmlari -Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining janubi-gʻarbida, Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatning nodir namunalari hisoblanadi. [1]Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100–110 km shimoli-gʻarbda. Dastlab, cho'ponlar Zarautsoydagi tasvirlarni ko'rgan va arxeologlarga bu haqida xabar bergan. Keyinchalik dastlab, 1912-yilda arxeolog I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog S.Lomayev,  A.Roginskaya  tomonidan  1938-1939  yillarda, Parfyonov 1940—1945 yillarda  o‘rganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoyda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi choʻchqa, burama shoxli echki, jayran, togʻ echkisi, hasharot va b.), turli buyumlar (oʻqyoy, nayza, oʻroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va boshqa oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan. Zarautsoy ibtidoiy sanʼatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish maqdsadida "Qizil kitob"iga kiritilgan.

 

[1] O'zME. Birinchi jild, Toshkent : 2000 yil

References

1. Roginskaya A., Zarautsay M.—L., 1950;

2. Abdulla Xolmirzayev. Zarautsoy tilsimlari, Qaraldi:12-avgust, 2023-yil, 10-bet, „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti, 2002 — 94-bet.

3. Poslavskaya O „Toshkent, O'zbekiston“, . Janubiy O'zbekiston tog'larida [1969], 1969.

4. Sagdullaev, A „Тошкент: Tamaddun“, . Бағрикенгликнинг тарихий илдизлари, 2018.

5. Hoshimov M, Kucheryavix V. Tabiatning nodir sayrgohlari. Toshkent, "Mehnat" nashriyoti, 1991.

6. Pugachenkova G. A., Rem pel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Oʻzbekistana, T., 1960.

7. Formozov A. A., Ocherki po pervobitnomu iskusstvu, M., 1969.

8. O'zMe. Birinchi jild Toshkent: 2000 yil.

Published

2025-01-30

How to Cite

Bo'rixonova Mahfuza Abdiali qizi. (2025). IBTIDOIY JAMOA DAVRIDA- ZARAUTSOY QOYATOSH SUR’ATLARI. PEDAGOGS, 74(2), 143-145. https://scientific-jl.org/ped/article/view/10871