OʻZBEKISTON MUZEYLARGA BOʻLGAN EʼTIBOR (1991-2021) HAMDA MUZEY SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY NORMATIV HUJJATLAR VA STATISTIKA MAʼLUMOTLARI

Authors

  • Abdullayev Temur Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston muzeylari, madaniy meros, huquqiy normativ hujjatlar, muzeylar to‘g‘risidagi qonun, muzey sohasini rivojlantirish, statistika, madaniy infratuzilma, mustaqillik yillari, tashrif buyuruvchilar, muzey fondlari.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 1991-2021 yillar davomida muzeylarga bo‘lgan e’tibor va ushbu sohani rivojlantirishda amalga oshirilgan huquqiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida muzeylar milliy madaniy merosni asrash va targ‘ib qilishning muhim markazlariga aylangan. Maqolada muzeylar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normativ hujjatlar, jumladan, “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun, Prezident farmonlari va qarorlari hamda Davlat dasturlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, maqolada O‘zbekiston muzeylarining soni, ularning hududiy taqsimoti, tashrif buyuruvchilar statistikasi va muzey fondlarining boyitilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. 1991-2021 yillarda davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar va xalqaro hamkorlik dasturlari orqali muzey infratuzilmasining modernizatsiya qilinishi va yangi muzeylarning tashkil etilishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari muzey sohasini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilashga yordam beradi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni. (1999-yil, 13-aprel).

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori: “Madaniy meros obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”. (2020-yil, 26-may).

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni: “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. (2017-yil, 31-may).

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. (1991-2021-yillar).

Published

2024-12-26

How to Cite

Abdullayev Temur. (2024). OʻZBEKISTON MUZEYLARGA BOʻLGAN EʼTIBOR (1991-2021) HAMDA MUZEY SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY NORMATIV HUJJATLAR VA STATISTIKA MAʼLUMOTLARI. PEDAGOGS, 72(2), 186-190. https://scientific-jl.org/ped/article/view/7481