YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARINING SHAXSLARARO MUNOSABATLARIDA KASBIY KOMPETENTLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamiyatda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan ham alohida mas’uliyat talab qiladi. Chunki yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati xodimlardan irodaviy zo‘r berishni, aqliy jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlari faoliyatining psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va uni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish – bugun davr talabiga aylangan. Zero, yo‘l harakati qatnashchilarining, avvalo, amaldagi qonunchilikka, qolaversa, yo‘l harakati qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan chuqur psixologik bilimlarni ham talab qiladi. Bu esa kasbiy psixologik bilimlarni, faoliyatda yuz beradigan psixik hodisalar (ruhiy holatlar va jarayonlar, psixologik xususiyatlar)ni yaxshi bilish, ularga qarshi doimo tayyor turishni taqozo etadi.
YPX xodimlari faoliyatida kuzatuvchanlik xodim tomonidan avtotransport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi va yo‘lovchilarning xulqi hamda avtotransport vositasin ing texnik holati vizual kuzatiladi.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.:“O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 486 bet
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –103 bet
3. Arifxodjaeva I. X. Ichki ishlar organlari xodimlari psixo¬lo¬giyasi. – T., 2007.
4. Asyamov S.V., Pulatov Yu.S. Ichki ishlar organlari xodimlarining kas¬biy-psixologik treningi. – T., 2002.
5. Аванесов Г. А. Криминология и сотсиалная профилактика. – М., 1980.
6. Ismailov I. Jinoyatchilikda uyushganlikning oldini olishni huqu¬qiy ta’minlash. – T., 2007.
7. G‘oziyev E. G‘. Umumiy psixologiya. – T., 2002.