VIRTUAL TA’LIM SHAROITIDA BOʻLAJAK GEOGRAFIYA OʻQITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA DASTURIY TA'MINOTDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH
Аннотация
Mamlakatimizda bugungi zamonaviy sharoitda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash dolzarb masalalardan biri sifatida baholanadi. Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy oʻquv yurtidan keying ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 304-son qarorining qabul qilinishi bilan mazkur masalaning dolzarbligi yanada oshdi.
Pedagogika sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish sifatli soha mutaxassislarini tayyorlashning mazmuni va uslubini innovatsiyalarga asoslangan holda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun pedagogika sohasida bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlash tizimining mazmuni, dasturlarining tarkibiy tuzilishini davlat ta’limning mazkur bo‘g‘ini oldiga qo‘ygan talablari asosida takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ta’lim tizimidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bevosita bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, pedagogik innovatsiya jarayoni vujudga keladi [[1]].
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda
Библиографические ссылки
1. “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda
3. O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to‘plami milliy bazasi, https://lex.uz/
4. Hamidov J.A., To’raqulov O.X. “Ilg’or pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida”. Uslubiy tavsiyanoma Jizzax-2009. 149 bet.
5. Hamidov J.A., Ximmataliyev D.O., Qodirov I.D., Ravshanov J.F., Xikmatullayeva D. “Jahon ta’lim tizimi” fanidan elektron darslik. Davlat patent idorasi guvohnomasi. T.:2022 №DGU 18218.