ERTA QARISHGA SABAB BO’LADIGAN OMILLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar:Qarish, ovqatlanish tarzi, uyqusizlik, zararli odatlar, genetika, stress.Abstract
Aʼzo va sistemalarda oʻziga xos oʻzgarishlar roʻy berib boradi, bu esa asta-sekin
organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari susayishiga olib keladi. Odamlarning
qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90 yoshdan oshgan kishilar uzoq umr
koʻruvchilardir), bu fiziologik qarilikdir bunda aqliy va jismoniy quvvat, maʼlum ish
qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi. Turli noxush tashqi va ichki
taʼsirotlar barvaqt yoki patologik qarishga olib keladi. Odatda, qarishning dastlabki
belgilari odamda yetuklik davridan (shartli ravishda 60 yoshdan) soʻng boshlanadi.
Lekin aslini olganda, qarish organizmning oʻsishi va rivojlanishi toʻxtagandan keyin
sezila boshlaydi. Masalan, 30—35 yoshlarda biologik jarayonlarning faollik darajasi
pasaya boshlaydi. Qarish turli toʻqima va aʼzolarda bir vaqtda boshlanmaydi va turli
darajada kechadi, u organizm hujayralari yashash xususiyatlarining asta-sekin susaya
borishidan iborat. Dastlab qarilik tufayli boshlangan oʻzgarishlar amalda organizmning
hayot sharoitlarining keskin oʻzgarishlariga moslashuvchanlik jarayonini buzmasada,
ammo borabora yosh ulgʻayib, oʻzgarishlar kuchayganda organizm bunga endi ancha
qiynalib moslashadi
References
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR
1.Daryo.uz
2.Zamin.uz