YER OSTI SUVLARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY TARTIBGA SOLISH ASOSLARI.
Keywords:
Kalit so’zlar: yer osti suvi, huquqiy asos, qonunosti hujjati, UNWC, BMT, PQ, drenaj quduq, kollektor.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada yerosti suvlaridan foydalanishni huquqiy tartibga solish
masalalari borasidagi qarashlar, fikr va mulohazalar, shuningdek qonunlar va
nazariyalar o’rganilgan. Kundan kunga aholi soni oshib borishi oqibatida suvga
bo’lgan talab yuqorilab, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishning huquqiy
asoslari yaratilishini hayotiy zaruratga aylantirib qo’ydi. Barcha mintaqalarda yer
usti suvlari bir xilda yetarli emas va bu yer osti suvlariga bo’lgan talabni yanada oshib
ketishiga sabab bo’ldi. Suv manbalaridan noto’g’ri foydalanish qanday oqibatlarga
olib kelishini biz Orol dengizi misolida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bu jarayonlar
atrof-muhitga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi va mintaqa uchun katta yo’qotishlarga olib
kelmoqda. Ma’lumotlarning aniqligini oshirish maqsadida turli xil statistikalar va
qonun hujjatlaridan keng foydalanildi. Mavzu doirasida xorijiy va milliy olimlarning
fikrlaridan, ilmiy ishlari va tadqiqot natijalaridan, gazeta va jurnallardan, xorij
mamlakatlari qonun hujjatlaridan maqsadli havolalar berildi. Shuningdek ijodiy
yondashish maqola mazmun-mohiyatini yanada teranroq ochib berishga yordam
bergan. Yer osti suvlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonun va qonunosti
hujjatlarining muhimligi mavzu doirasida yoritiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.I. Valiyev, Sh.O. Muradov, B.M. Xolbayev; ,,Suv resurslaridan mukammal
foydalanish va muhofaza qilish” T-2010;
2. Latofat Qabulova; ,,O’zbekistonning arid mintaqalarining yer osti suvlari va
ulardan oqilona foydalanish masalalari” 2022;
3. Kenesarin N. A., Sultonxoʻjayev A. N.; ,,Yer osti suvlari va ulardan xalq
xoʻjaligida foydalanish” T-1962;
4. O’zbekiton Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi; lex.uz.
5. https://scholar.google.com/
6.O’zbekiston respublikasi Yer kodeksi.
7.O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeksi