RAQAMLI MULTIMEDIA AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI: TAYANCH SO`Z IBORALARI
Аннотация
1. Axborot – lotincha Informatio so`zidan olgan bo`lib tushintiri, biror narsani
bayon qilish yoki biror narsa yoki xodisa xaqida ma`lumot ma`nosini anglatadi.
2. Axborotning reprezentativligi –obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish
maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.
3. Axborotni mazmundorligi - semantik (mazmuniy) xajmni ifoda etadi.
4. Axborotni yetarliligi - (to`laligi) qaror qabul qilish uchun minimallekin
yetarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror
qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya`ni yetarli bo`lmagan xuddi shuningdek,
ortiqcha bo`lgan axborot xam foydalanuvchining qabul qilingan qarorlari
samaradorligini kamaytiradi.
5. Axborotni aktualligi - (dolzarbligi) axborotdan foydalanish vaqtida uning
boshqarish uchun qimmatligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari
o`zgarishi dinamikasi xamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtidan buyon o`tgan vaqt
oralig`iga bog`liq bo`ladi.