INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI CHORALAR.
Ключевые слова:
Kalit so'zlar: inflyatsiya, narxlar o‘sishi, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, monetar siyosat, fiskal siyosat, iqtisodiy barqarorlik, valyuta bozoriАннотация
Annotatsiya. Ushbu maqola inflyatsiyaning iqtisodiyotdagi o‘rni va uning
sabablari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek, unga qarshi samarali choralarni
qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Inflyatsiya — bozor iqtisodiyotining ajralmas
qismi bo‘lib, narxlar umumiy darajasining uzluksiz o‘sishini anglatadi. Bu jarayon
talab va taklifdagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish tannarxining oshishi, ichki va
tashqi bozordagi notinchlik kabi omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ushbu maqolada
inflyatsiyaning turli mamlakatlarda ko‘rinishlari, ularning tajribalaridan kelib chiqqan
holda samarali choralarni ishlab chiqish yo‘llari muhokama qilingan.
Monetar va fiskal siyosatlarning o‘zaro integratsiyasi orqali inflyatsiyani nazorat
qilishning dolzarbligi alohida ta’kidlangan. Mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-
quvvatlash, importga qaramlikni kamaytirish, valyuta bozoridagi barqarorlikni
ta’minlash inflyatsiyani kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab
berilgan. Ushbu tadqiqot inflyatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini, uning o‘sishiga
sabab bo‘luvchi omillarni chuqur tahlil qiladi va iqtisodiy barqarorlikka erishish
yo‘nalishida innovatsion takliflarni ilgari suradi.
Библиографические ссылки
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Friedman M. (1963). Inflation and Monetary Policy. Chicago: University of
Chicago Press.
2. Samuelson P., Nordhaus W. (2010). Economics. McGraw-Hill Education.
3. Blanchard O. (2017). Macroeconomics. Pearson Education.
4. Mishkin F. (2007). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets.
Addison-Wesley.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy hisobotlari va statistik
ma’lumotlari (2020-2024).