KREATIV IQTISODIYOTNING O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDAGI O’RNI
##semicolon##
Kalit so’zlar: kreativ, intellektual, texnologiya, innavatsion, tendentsiya, brend, global, industriyaAbstrak
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan “Kreativ
iqtisodiyot” tushunchasi mohiyati va uni jahon tajribasi asosida O’zbekiston umumiy
iqtisodiyotida rivojlantirish bosqichlari o’rganiladi. Kreativ iqtisodiyot bu - kreativ,
ma’daniy va innovatsion mahsulot va xizmatlarni jismoniy shaxs yoki korxonalar
tomonidan yaratish, saqlash, tarqatish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
iqtisodiy faoliyat turlarining majmui hisoblanadi. U dunyo miqyosida iqtisodiyotning
ajralmas bir bo’lagi sifatida qaraladi. O’zbekistonda ushbu tizimning joriy etilishi,
davlatning o’z oldiga qo’ygan YaIM darajasini oshirish va xalqlning intellektual
salohiyatini yanada mukamallashtirish maqsadlari bilan bog’liq. Shuningdek,
maqolada tizimni dunyo miqyosida bir necha rivojlangan davlatlar modelida ko’rib
chiqish ko’zda tutilgan.