SUKUKNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHDAGI YONASHUVLAR. INDONEZIYA, MALAYZIYA VA BUYUK BRITANIYADA SUKUK EMISSIYASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY TAHLILI.

Mualliflar

  • Mamatmurodov Farrux Farxod o‘g‘li ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: Islom moliyasi, islom banki, sukuk, mushoraka, muzoraba, obligatsiya, islom moliyaviy xizmatlari, ishonch investitsiya sertifikatlari, derivativlar, sekyutarizatsiya.

Abstrak

 
Annotatsiya: Sukuk tuzilmasi qimmatli qog‘ozlar ichida obligatsiyalarga juda 
yaqin tuzilishga ega. Ko‘pgina yurisdiksiyalar Sukuk chiqarishga ruxsat berish uchun 
obligatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalarni Sukukka qo‘llashni eng maqbul 
huquqiy  yechim  sifatida  tanlagan.  Biroq,  Sukukni  obligatsiyalardan  ajratib  turish 
uchun to‘g‘ri huquqiy va tartibga soluvchi me'yorlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu 
maqola turli mamlakatlarda Sukuk chiqarish uchun belgilangan huquqiy va tartibga 
soluvchi  doiralarni  taqqoslash  va  Sukuk  chiqarishni  osonlashtiradigan  asosiy 
qoidalarni o‘rganishga qaratilgan. Maqola ayrim mamlakatlarda Sukuk chiqarishni 
ta'minlaydigan huquqiy va tartibga soluvchi yondashuvlarni tahlil qiluvchi taqqoslash 
usuliga asoslangan. Ushbu maqolda keltirib o‘tilgan ayrim ma'lumotlar Indoneziya, 
Malayziya  va  Buyuk  Britaniya  kabi  mamlakatlarning  tegishli  qonunlari  va 
qoidalaridan,  shuningdek,  huquqiy  adabiyotlar  va  ilmiy  maqolalardan  to‘plangan. 
Tadqiqot  natijalari  Sukukni  tartibga  solish  ikki  yo‘l  bilan  amalga  oshirilishini 
ko‘rsatadi.  Birinchisi,  alohida  qonun  qabul  qilish  va  ikkinchisi  esa  amaldagi 
qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish orqali. 

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, sukukni chiqarishga ruxsat berish uchun uni 
an'anaviy obligatsiyalar darajasida tartibga solish zarur bo‘lgan holatlarda oldindan 
ishlab chiqilgan  va amal qilish mumkin bo‘lgan modellarga murojaat etish zarur. Bu 
ba'zi yurisdiksiyalar tomonidan sukukning tartibga soluvchi doirasini amalga oshirish 
bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni berib, sukuk bozoridagi o‘rnini mustahkamlash uchun 
mahalliy qoidalarning kuchaytirilishiga yordam beradi.  

##submission.citations##

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

I. Maqolalar

1.1 Regulating the Governing Law Clauses in Sukuk Transactions. Umar

Aimhanosi Oseni and M. Kabir Hassan. 2015.

1.2 Fundamentals of Obligation for Providing Information to Stock Exchange.

Friedman and Grose, 2006.

1.3 Sukuk Markets: A Proposed Approach for Development. Kusuma &

Silva, 2014.

1.4 The Legal and Beneficial Ownership Conundrum in Sovereign Sukuk

Structuring. Oseni va Hassan, 2014.

1.5 Jordanian Islamic Finance Sukuk Law A Critical Study. Alsheyab, 2014.

1.6 Sukuk structure and its regulatory environment in the Kingdom of Saudi

Arabia. Al Elsheikh & Tanega, 2011. 1.7 Understanding Sukuk. Kamil, 2014.

1.8 Issues and challenges for developing corporate sukuk: lessons from an

Indonesian case study. Nasution Lokot Zein, 2018.

II. Elektron manbaalar

2.1 https://www.iifm.net/sukuk-reports (IIFM, 2020).

2.2 https://documents.worldbank.org/en/publication/documents

2.3https://www.iifm.net/frontend/generaldocuments/bb676e86bd089c016b9d

937badcce1881635251491.pdf

2.4https://assets.publishing.service.gov.uk/media/5a7cd5eeed915d6b29fa8f37/

7408.pdf

Nashr qilingan

2024-12-19

##submission.howToCite##

Mamatmurodov Farrux Farxod o‘g‘li. (2024). SUKUKNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHDAGI YONASHUVLAR. INDONEZIYA, MALAYZIYA VA BUYUK BRITANIYADA SUKUK EMISSIYASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY TAHLILI . TADQIQOTLAR.UZ, 52(4), 67-77. https://scientific-jl.org/tad/article/view/6298