ABDULLA QODIRIY IJODIDA TEATR VA DRAMATURGIYA
Abstrak
XX-asr boshlarida jadid adabiyoti bilan birgalikda dramaturgiya ham Turkistonliklar hayotiga kirib keladi va xalq orasida katta obro qozonadi. O’zbek romanchilik maktabining asoschisi, mohir publitsist,300ga yaqin feletonlar muallifi Abdulla Qodririyning teatr xususidagi qarashlari, ayrim dramaturglarga munosabati va bu sohadagi izlanishlarini ko’rish mumkin.
Qodiriy ayni shu teatr san’ati haqida bir necha maqolalarda fikrlar bildirgan, 1919-yil esa kattagina ilmiy maqola yozgan. Mazkur maqola “Bizda teatru ishning borishi” deb nomlanib “ Ishtiroqiyun” gazetasining 11-dekabr sonida chop etilgan. Maqola quyidagi so’zlar bilan boshlanadi: “Ma’lumdirki, bizni Turkistonda drama ham teatrning tarixlari 1912-yildan boshlab bularni qabul qilinishimizga 7 yillar bo’ldi”. Muallif “Padarkush” dramasidan ilgari ham Turkistonda tatar teatrlari mavjud bo’lganligini, lekin ular bizning turmushimizdan yiroqroq bir ruhdagi asarlar bo’lganligi uchun mahalliy xalqni yetarli darajada o’ziga jalb eta olmagani ma’lum qiladi. “Padarkush” dramasi juda keng ommalashtirilganini , mazkur piessa orqali xalq teatr maqsadini anglatganligini iftixor bilan yozadi. Shu o’rinda teatr o’zi nima ekanligini aytib o’tishimiz joizdir. Teatr yunoncha “tomoshagoh” cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ijro etadigan sahna ko’rinishi orqali tomoshabinga fikr uztuvchi san’at janridir. Teatr san’atida xalq hayoti, tarixi, dunyo qarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti ma’naviyati, madaniyati bilan bog’liq holda o’zgarib takomillashib boradi. Teatr asosida og’zaki va yozma dramaturgiya yotadi. Dramaturgiya esa (yunoncha, dramaturgia) muayyan san’atkor, davr va xalqqa mansub dramtik asarlar majmui.
##submission.citations##
1. M.Rahmonov, Hamza (O’zbek davlat akademiya drama teatri) tarixi Toshkent 1999-yil
2. B. Karimov XX-asr o’zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida).FFD disertatsiyasi, T., 2002
3. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O’zbek tili va adabiyoti, 2001
4. Oybek (Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li), Toshkent 1979
5. M. Qo’shjonov O’zbekning o’zligi Toshkent 1994