ISLOM MOLIYASINING BUGUNGI KUNDAGI O’RNI
Abstract
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi ma’naviy merosimiz, jumladan,
diniy qadriyatlarimizning qaytadan hayotga kelishiga zamin yaratdi. Buyuk
ajdodlarimiz ruhiga yuksak ehtirom ko‘rsatila boshlandi. Bu esa ular qoldirgan boy
ma’naviy merosdan xalqimiz bahramand bo‘lishi uchun chuqur izlanishlar olib
borilishiga asos bo‘ldi. Madaniy merosimizni o‘rganishda islom dinining ham munosib
o‘rni bor.
Xalqimizning hayot tarziga aylanib ketgan Islom dinining ilmiy
yo‘nalishlaridan biri Islom huquqshunosligidir. Ushbu fan, uning kelib chiqish
manbalarini o‘rganish bu borada izlanish dinshunoslik sohasida faoliyat olib borishni
maqsad qilgan mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Xususan,
iqtisod har doim muhim hayotiy ehtiyoj bo‘lgani bois dolzarb mavzu bo‘lib kelgan.
Shu sababdan har qanday jamiyat o‘z taraqqiyot yo‘lida iqtisodga alohida ahamiyat
qaratgan.
Hozirgi dunyo iqtisodiy taraqqiyoti o‘tgan asrlarga qaraganda beqiyos
darajada rivoj topganligi barchaga ayon haqiqat. Har bir ishning tartib intizomi
bo‘lgani kabi Islomdagi tadbirkorlikning ham o‘z qonun-qoidalari bor. Tadbirkorlik
masalasi inson hayoti bilan chambarchas bog‘liqligi bois buni bilish foydadan holi
bo‘lmaydi. Mustaqillikka erishilgandan buyon yurtimizda iqtisodiy hamkorlik
borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
References
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Qur’oni Qarim. – Qohira: Maktabatul jildul arobiy.
2. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi
Abdulaziz Mansur/. – Toshkent: 2011.
3. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy. Al-Jomi’ as-Sahih. (o‘zbek tilida)
4 jildli. Toshkent: 1997.
4. 18.08.2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan
uchrashuvdagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/6561.
5. Muslim ibn al-Hajjoj al-Qurayshiy. Sahihi Muslim. Dor al-ilm. Bayrut.