"OMMAVIY MADANIYAT" VA MILLIY QADRIYAT
Аннотация
Har bir jamiyatning naqadar erkin va demokratik faoliyat ko‘rsatishi shu
davlatning ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan belgilanadi. Bugun “ommaviy
madaniyat" deb atalgan, aslida, olomon madaniyati sifatida xalqlar va millatlar
ma’naviyatiga tahdid solayotgan tahlikali bir zamonda ayniqsa, bu sohaning o‘rni va
ahamiyati yanada oshib ketdi. Shu o‘rinda “Ommaviy madaniyat" degan niqob ostida
axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish,
kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik
an’ana va qadriyatlari, turmush negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay kuymaydi. Chindan ham, bugun har bir
millat qadriyat va an’analari "Ommaviy madaniyat" soyasida qolib ketayotgani uchun
ham bu vaziyat hatto iqtisodiy jihatdan boy, dunyoning eng rivojlangan
mamlakatlarida ham ma’naviy inqirozni yuzaga keltirmoqda. Unutmaslik kerakki, bu
jaraën ommaviy axborot vositalarining ishtirokisiz kechmaydi.
Библиографические ссылки
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. F. Madrahimova Zavolga eltuvchi madaniyat. // Tafakkur 2013-yil 4-son 88 bet
2. Bahronov D. Tarbiya millatni yuksaltirar.// "Tafakkur" jurnali. 2014-yil 4-son
89-bet.
3. Ma’naviyat asosiy tushunchakar lug’ati.-Т.: 2008-yil, 572-bet