Bolalarda bronxial astma: diagnostikada va davolashda qiyinchiliklar

Authors

  • Taganklichev Serdar Author
  • Haydarova Xaticha Ramizovna Author

Keywords:

bronxial astma, pediatriya, obstruktiv bronxit, GINA, diagnostika,terapiya.

Abstract

Bolalarda bronxial astma (BA) bugungi kunda nafaqat dunyoda, balki O‘zbekistonda ham dolzarb sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. BA bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan surunkali kasallik bo‘lib, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va obstruktiv o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, birinchi besh yil ichidagi bolalarda BA diagnostikasi ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi. GINA (Global Initiative for Asthma) mutaxassislari BA diagnostikasining qiyinligini bolalarda shovqinli nafas olish epizodlarining keng tarqalganligi va o‘pka faoliyatini tekshirish imkoniyatining cheklanganligi bilan bog‘lashadi. Davolash va oldini olish usullari bolalarning yoshiga mos ravishda farqlanadi. Shuning uchun ushbu patologiyani aniqlashning yangi usullarini va optimal davolash rejasini ishlab chiqishga e’tiborqaratilmoqda.

Author Biographies

  • Taganklichev Serdar

    SamDTU talabasi

  • Haydarova Xaticha Ramizovna

    SamDTU Pediatriya kafedrasi assistenti

Published

2024-10-08

How to Cite

Bolalarda bronxial astma: diagnostikada va davolashda qiyinchiliklar. (2024). Modern Education and Development, 11(2), 168-171. https://scientific-jl.org/index.php/mod/article/view/107