Bolalarda bronxial astma: diagnostikada va davolashda qiyinchiliklar
Ключевые слова:
bronxial astma, pediatriya, obstruktiv bronxit, GINA, diagnostika,terapiya.Аннотация
Bolalarda bronxial astma (BA) bugungi kunda nafaqat dunyoda, balki O‘zbekistonda ham dolzarb sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. BA bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan surunkali kasallik bo‘lib, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va obstruktiv o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, birinchi besh yil ichidagi bolalarda BA diagnostikasi ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi. GINA (Global Initiative for Asthma) mutaxassislari BA diagnostikasining qiyinligini bolalarda shovqinli nafas olish epizodlarining keng tarqalganligi va o‘pka faoliyatini tekshirish imkoniyatining cheklanganligi bilan bog‘lashadi. Davolash va oldini olish usullari bolalarning yoshiga mos ravishda farqlanadi. Shuning uchun ushbu patologiyani aniqlashning yangi usullarini va optimal davolash rejasini ishlab chiqishga e’tiborqaratilmoqda.