Ch'OLPONNING "KECHA VA KUNDUZ"RAMANINING MILLIY REALIYALARNI TARJIMADA AKS ETTIRISH VA ULARNI TARJIMA QILISH USULLARI

Авторы

  • Turdiyeva Fotima Автор
  • Amirova Husnobod Автор
  • Qurbonova Dildora Автор

Ключевые слова:

oila, gender tengsizlik, ta'lim, ijtimoiy tengsizlik, hokimiyat, inson harakteri

Аннотация

Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiklay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...

Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalarda, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi... Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi.

Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?

Биографии авторов

  • Turdiyeva Fotima

    Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabalari

  • Amirova Husnobod

    Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabalari

  • Qurbonova Dildora

    Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabalari

Опубликован

2024-11-02

Как цитировать

Ch’OLPONNING "KECHA VA KUNDUZ"RAMANINING MILLIY REALIYALARNI TARJIMADA AKS ETTIRISH VA ULARNI TARJIMA QILISH USULLARI. (2024). Modern Education and Development, 13(1), 258-264. https://scientific-jl.org/mod/article/view/1744